Yuz terisini
oziqlantirish bu - yuzning sog’lom nur taratishining asosiy omillaridan
biridir. Yuzni ozilqantirishning oddiy usuli ma’lum bir kremlardan
foydalanishdir. Hozirgi kunda kosmetik vositalar do’koniga kirganimizda yoki
kataloglarni ko’zdan kechirganimizda bir qancha kremlarning turini ko’ramiz.
Biroq krem tanlashda yuzimizni turi va yoshimizni hisobga olishimiz kerak.
Ho’sh unda qay bir krem mening yuzimga mos keladi deb o’ylanishingiz mumkin.
Dugonajonlar , bugun sizga shu haqida ya’ni kremlarning turlari haqida biroz
ma’lumot bermoqchiman.
Для
жирной кожи- bu nomdagi krem yog’li yuz terilari uchun
mo’ljallangan bo’lib, ular yuzdagi yog’ hujayralarini faoliyatini
normallashtiradi, agar sizning yuzingizda husnbuzarlar bo’lsa, bunday krem sizga
ayni muddao.
Для
сухой кожи-Bunday kremlar, quruq yuz sohibalari uchundir. Agar
sizning yuzingiz yuvganingizdan so’ng tortishsa bilingki, bunday kremlar aynan
siz uchun. Shu o’rinda aytishim kerakki, quruq yuz egalari yuzlariga alohida
e’tibor berish kerak, chunki quruq yuzlarga ajin tushish ehtimoli yuqori.
Для
нормальной кожи - O’z nomidan ma’lumki, bunday krem normal yuz terilari uchundir. Lekin bunday
yuz egalari bizning iqlim muhitimizda kam uchraydi.
Для
комбинированная
кожа-Bu aralash teri uchun kremdir.
Aralash terining hamma qismlari bir hil bo’lmaydi. Ko’p hollarda yuzning burun va iyak qismlari
yog’li, peshona va yanoq qismlari esa quruq bo’ladi.
Для
чуствительная кожа – Odatda bunday
kremlarni bizning do’konlarimizda kam uchrataman. Bu krem ta’sirchan yuz
terilari uchun mo’ljallangan. Agar sizning teringiz shamol, quyosh va issiqlik
ta’sirida qizarib ketsa yoki kosmetik vositalar(pudra, tonalka) ga
allergiyangiz bo’lsa, unda sizning teringiz ta’sirchan teridir.
Для
всех типов кожи-Bu krem hamma terilar uchundir. Bunday kremlar
asosan, makiyaj oldidan ishlatilishga mo’ljallangan. Lekin mening shaxsiy
fikrimcha, makiyaj oldidan ham aynan o’z yuz teringizga moljallangan kremdan
ishlatganingiz ma’qul.
Дневной крем
- Kunduzgi krem bo’lib, kunduzi yuzga surtish
uchundir.
Ночьной крем
- Tunda ishlatish uchun krem. Tungi kremlarni aslo
kunduzi foydalanmang. Chunki tungi kremlar quyosh nurida yuzda dog’ paydo
qilishi mumkin.
Осветляющий крем
- Oqartiruvchi kremdir. Agar yuzingiz quyosh nuridan
qoraygan yoki dog’lar paydo bo’lgan bo’lsa, bunday krem siz uchun.
Против
пигменты- Bu ham yuzdagi dog’larni yo’qtish
uchun kremdir.
SPF15, SPF30,
SPF40 va hakozo- Bunday kremlar quyosh nuridan himoyalovchi kremlardir. Yoz kunlarida
albatta bunday kremlardan foydalanishni maslahat beraman. Odatda men SPF 40
kremlaridan foydalanaman va bu bizning iqlimdan quyosh nuridan yaxshigina
himoya qiladi.
Крем
для загар –“Zagar”
ya’ni terini quyosh nurlarida bir hil qorayishi uchun foydalaniladigan krem.
Увлажняющий крем
- Namlantiruvchi kremdir. Bunday kremga ayniqsa
hozirgiday qish kunlarida talab oshadi. Namlantiruvchi kremlar yuzdagi namlikni
saqlab turadi. Bu esa tashqi omillarning zararidan himoyalaydi.
Питательный
крем
- Oziqlantiruvchi krem. Bu kremlar tarkibiga har hil
turdagi vitaminlar kiritilgan bo’lib, u teriga ozuqa beradi. Oziqlantiruvchi
kremlar ham turlarga bo’linadi. Misol uchun “питательный крем для сухой кожи”, “питательный крем для чуствительная кожа” va hakozo..
Матирующий крем- Bu ham yog’li
yuzlar uchun. Agar sizning yuzingizda husnbuzarlar yo’q, lekin issiqlik ta’sirda
biroz terlab, yaltirab qolsa, demak sizning yuzingiz o’rta yog’li va shunday kremlar
sizga mos.
+25; +30;
+40; +60- krem qadoqlaridagi bunday belgilar yosh
ko’rsatkichini bildiradi. +25- bu 25 yoshdan yuqori, +30- bu 30 yoshdan yuqori
ayollar uchun. Krem tanlashda albatta bu ko’rsatkichlarga amal qiling.
Крем
от морщин- Bu ajinlarga qarshi krem bo’lib, bunday
kremlarga yosh ko’rsatkichi albatta beriladi.
Омолаживающий крем - Yoshartiruvchi
degan ma’noni beradi. Odatda bunday kremlar 30 yoshdan yuqori bolgan
ayollarimizga taklif qilinadi. Odatda 30 yoshdan so’ng, terimizga ajin
tushishni boshlab, o’z elastik holatini yo’qotadi, bunday vaqtlarda
yoshartiruvchi kremlardan foydalanish kerak. Bunda ham albatta yosh ko’rsatkichiga
amal qilgan holda.
Подтягивающий крем-Tarjima
qilganda ko’taruvchi so’zi kelib chiqadi. Bu kremlar ham yoshi katta ayollarga,
yuz va iyak qismlari elastik holatini yo’qotgan holatlarda ishatiladi.
Для
зрелой кожи -Bu ajin tushgan va o’ta quruq yuzlar uchun krem,
bunday kremlar yosh chegarasi ham 30 yoshdan yuqoridir.
Крем
флюид -
bu kremlarning shakllari bolib, krem fluid oddiy kremdan suyuqroq ko’rinishda
bo’ladi.
Крем
сыворотка - Bu
tarkibida davolovchi funksiyalar mavjud massa. Oddiy qilib aytganda ta’siri
“odatiy kremdan kuchliroq krem”. Bunday krem turlariga asosan ajinlarga qarshi
yoki +30 kategoriyalari kiradi.
Антицеллюлитный крем
- Mahalliy tilda aytganda ozdiruvchi krem. Bunday
kremlar tananing to’la qismlariga surtiladi. Lekin bunday kremlar dori vositasi
hisoblanmaydi. Ular to’lalikga qarshi mashqlar va dietalarga ko’makdosh
sifatida ishlatiladi.
Bular biz ko’p uchratadigan krem turlaridir. O’zingizga
kerakli ma’lumotni olgan bo’lsangiz, bundan juda hursandman. Keyingi blogimda
kremlardan to’g’ri foydalanish haqida bo’ladi. Dugonajonlar o’zingizni asrang, doimo go’zallik bilan hamroh bo’ling,
chuniki go’zallik dunyoni qutqaradi!!!
Комментариев нет:
Отправить комментарий