понедельник, 6 января 2014 г.

Baxtimning siri


   Dugonajon, men o’zimni  baxtli beka deb hisoblayman. Mening baxt  sirimdan siz ham bohabar bo’lishni hohlaysizmi? Unda Sizga aytar so'zlarim bor.... Ularga quloq tuting, balki, hozirgi yozmoqchi bo'lgan so'zlarimni bir nasihat deb tushunarsiz. Lekin nasihat bilmaganga o’rgatadi, bilganning esa yodiga soladi . Bu ibratlarni men ham o’z yaqinlarimdan eshitib, o’qib o’rganganman. Ular baxtimning mezonlari deb bilaman. Shu mezonlarni Sizga ham ilindim. Ularni qunt bilan o’qib chiqing…
             Dugonajon, avvalo siz sabr va qanoat sohibasi bo'ling. Doimo o'z holingizga shukronalar keltiring. Juftingiz uyga nima olib kelsa, u xoh yeydigan, xoh kiyadigan narsa bo'lsin, uni hursandchilik, hushfe'llik, go'zal odob bilan qabul qiling. Ularga tashakkur ayting, hushnudlik ko'rsating. Zeroki baxtli hayotning asosiy sababi bu shukronalikdir. O'z holiga shukr etmagan, o'z nafsini tiymagan kishida ko'ngil halovati va huzuri, qalb rohati bo'lmaydi!
             Pokiza, orasta beka bo'ling. Juftingizning nazari tushadigan   joylarga yaxshi e'tibor qarating. Uyingiz ichini, tashqarisini pokiza tuting. Shunday qilingki, turmush or'tog'ingizning ko'ziga hech qanday notoza joy ko'rinmasin.
             Kiyimlaringiz, ust-boshingizni ozoda tuting. Juftingiz faqat sizdan muattar iforni sezsin, dimog'iga aslo noxush hidlar kelmasin. Chunki noxush hidlar juftingizni ko'z o'ngida obro'gingizni tushuradi. Sizdan o'zini olib qochishiga sabab bo'ladi. Shuni doimo yodda tuting: Orastalik eng yaxshi hislatki, insonning ko'ziga hush ko'rinish shular bilandir.
             Sirdoshim, hojangizning moli-ashyosiga juda e'tiborli bo'ling. Chunki hojangizning mol-dunyosi bu sizning ham mulkingizdir. Ularni ehtiyot qilish, isrof qilmaslik, ish bilish va qadriga yetish demakdir.
            Turmush o'rtog'ingizga itoatkor bo'ling. Qil degan ishni bajaring, qilma deganini qilmang! Juftingiz bilan suhbatlashganingizda, muloqotda bo'lganingizda itoatli bo'ling. Uning so'zlarini odob bilan tinglab, ado eting. Umr yo'ldoshingiz sizdan hushnud bo'lsin.  Shunda Alloh sizdan hushnud va honadoningiz baht nuridan  porloq bo'ladi.
            Dugonajon, taomni doimo vaqtida tayyorlang. Ovqatlanish vaqtini hech qachon kechiktirmang, umr yo'ldoshingiz qachon ovqatlanishga o'rgangan bo'lsa, o'sha paytdan kechiktirmay taom tayyorlang. Ular kelishi bilan dasturxon tuzang. Chunki ochlik jahl tez chiqishiga sabab bo'ladi.
             Turmush o'rtog'ingizning kunlik rejasidan bohabar bo'ling. Uyqu va uyg'onish vaqtini yaxshi bilib oling. Ular qachon uyquga yotish payti bo'lsa, o'sha payt uyqu o'rni tayyor va pokiza bo'lsin. Chunki, uyqusizlik asablarni buzuq qilib, ehtiros va muhabbatni asta-sekin so'ndiradi.
              Tumush o'rtog'ingizning yaqinlari va qarindoshlariga hurmat ko'rsating, shirinso'z bo'ling. Ularga bo'lgan hurmat-hojangizga bo'lgan hurmatni bildiradi. Bu esa qadr va e'tiborga erishish demakdir.         
             Hojangizning dinga to'g'ri keladigan barcha buyruqlarini ado eting! Bu buyruqlarni bajarayotganda tanballik qilmang, hech qachon unga itoatsiz bir harakat qilmang. Agar shunday bo'lsa juftingiz sizga nisbatan gina va kek saqlab ohiri dushman bo'lib qolishimi mumkin. U dushmanlik yo'lini tutsa, siz zarar ko'rasiz va qo'lingizdan hech narsa kelmaydi.
              Dugonajon zinhor juftingizning sirlarini boshqalarga aytmang, ularni saqlang. Agar aytib qo'ysangiz, juftingizning sizga bo'lgan ishonchini yo'qotadi. Bu esa mashaqqat bilan barpo etayotgan oilangizni bir zumda parcha qilishi mumkin.
             Juftingiz hafa bo'lganda siz hursand, u hushnud ko'ringanda esa siz hafa ko'rinishdan ehtiyot bo'ling. Chunki u hafa bo'lganda sizning hursand ko'rinishingiz, ular quvonchli bo'lgan vaqtda sizning g'amgin ko'rinishingiz ularga  nisbatan hamdard bo'lolmaslik kabi bir qusurni o'rtaga tushuradi.Bu  befahm va tarbiyasiz odamlarga hos ishdir. Bu esa siz kabi yuksak tarbiya ko'rgan, aqlli va oqila qizga munosib emas. 
             Dugonajon Hojangizga qanchalik ko'p muhabbat va hurmat ko'rsatsangiz, o'zingiz ham shunday muhabbat va hurmatga ega bo'lasiz, siz ul zotga shunday hizmat qilingki, u ham sizga qul bo'lsin! Siz unga yer bo'lingki, u sizga osmon bo'lsin! Siz unga bir uy bo'lingki, u sizga ustun bo'lsin!   
     Hurmatli dugonam siz ikki oilaning (o'z uyingiz va hojangizning honadoni) baxt  farishtasidursiz.  Ularning huzr-halovatda yashashi, baxtiyor bo'lishi sizning yaxshi beka bo'lishingizga bo'gliqligini unutmang.  Sirdosh dugonam baxtimni sababi shu so’zlardir. Yozmoq mendan, ibrat olmoq esa sizdandir. Dugonajon honadonlarimizga munosib beka , ayol so’ziga esa loyiq bo’laylik …
 

Quruq yuzli honimlar uchun

Dugonajonlar, avvalgi  blogimdagi va’damga binoan bugungi blogga kremlardan foydalanishning asosiy qoidalari haqida yozmoqchiman.
Ho’sh, o’zingizga mos kremni tanladingiz va sotib oldingiz. Lekin hamma kremlarning qadoqlarida ulardan foydalanishning tartibi to’liq berilmaydi. Kremlardan ham foydalanishning ko’pgina qoidalari bor.
Asosiy qoidalardan biri kremni makiyajlardan holi va toza yuzga surtish lozim. Odatda makiyaj va yuz tozalashda ko’p qizlarimiz sovundan foydalanishadi. Bu esa zararli, chunki sovun tarkibida ishqor moddasi bo’lib, u yuzni qurishiga, elastik holatini yo’qotishiga va yuzdagi pigment hujayralari ish faoliyatining buzilishi olib kelishi mumkin. Yuzni tozalashda maxsus yuz uchun sovunlardan foydalanish zarur. Makiyajni yuz uchun mo’ljallangan molochkalardan foydalanilgan holda olib tashlash kerak.
Tonikdan foydalanish: Tonikdan asosan yuz uchun molochkadan foydalanilgandan so’ng uning  qoldiqlarini olib tashlash  va yuzdagi hujayralarni ochib, kremga tayyorlab berish uchun ishlatiladi. Lekin qizlarimizga tonikdan 30 yoshdan keyin foydalanishni maslahat beraman. Men ham odatda molochkodan so’ng, turli hil damlamalardan foydalanaman. Quruq yuzlar uchun moychechak, atirgul gulbarglari, yog’li yuzlar uchun esa ko’k choy, yalpiz damlamalari to’gri keladi.
Yuzni shu tartibda tozalab olganingizdan so’ng, kremdan foydalansangiz bo’ladi. Kremni kerakli miqdorda olib nozik, aylanma harakatlar bilan 3-4 minut davomida teriga singdiring. Yuqori lab ustida tuk o’suvchi ayollarimiz esa bu sohaga kremlardan surtish kerak emas. Chunki krem tarkibidagi moddalar, gormonlar ularning yanada tez o’sishiga sabab bo’lishi mumkin.
Vaqti-vaqti bilan foydalanayotgan kremgiz turini o’zgartirib turing. Chunki  teri bir turdagi kremga o’rganib qolib, uning foydali hususiyatini kamaytiradi.
            Krem surtganingizdan so’ng makiyaj qilmoqchi bo’lsangiz, kremning yuzga butunlay singishi kuting. Bu muddat 10-15 daqiqa davom etadi. Shundan so’ngina makiyajni boshlashingiz mumkin. Kremdan so’nggina qilingan makiyaj yuz uchun zararlidir.

Hozircha sizlarga bermoqchi bo’lgan maslahatlarim shulardan iborat. O’zingizni va Alloh sizga hadya etgan go’zalliginzni asrang!!!

Kremdan foydalanish qoidalari

Dugonajonlar, avvalgi  blogimdagi va’damga binoan bugungi blogga kremlardan foydalanishning asosiy qoidalari haqida yozmoqchiman.
Ho’sh, o’zingizga mos kremni tanladingiz va sotib oldingiz. Lekin hamma kremlarning qadoqlarida ulardan foydalanishning tartibi to’liq berilmaydi. Kremlardan ham foydalanishning ko’pgina qoidalari bor.
Asosiy qoidalardan biri kremni makiyajlardan holi va toza yuzga surtish lozim. Odatda makiyaj va yuz tozalashda ko’p qizlarimiz sovundan foydalanishadi. Bu esa zararli, chunki sovun tarkibida ishqor moddasi bo’lib, u yuzni qurishiga, elastik holatini yo’qotishiga va yuzdagi pigment hujayralari ish faoliyatining buzilishi olib kelishi mumkin. Yuzni tozalashda maxsus yuz uchun sovunlardan foydalanish zarur. Makiyajni yuz uchun mo’ljallangan molochkalardan foydalanilgan holda olib tashlash kerak.
Tonikdan foydalanish: Tonikdan asosan yuz uchun molochkadan foydalanilgandan so’ng uning  qoldiqlarini olib tashlash  va yuzdagi hujayralarni ochib, kremga tayyorlab berish uchun ishlatiladi. Lekin qizlarimizga tonikdan 30 yoshdan keyin foydalanishni maslahat beraman. Men ham odatda molochkodan so’ng, turli hil damlamalardan foydalanaman. Quruq yuzlar uchun moychechak, atirgul gulbarglari, yog’li yuzlar uchun esa ko’k choy, yalpiz damlamalari to’gri keladi.
Yuzni shu tartibda tozalab olganingizdan so’ng, kremdan foydalansangiz bo’ladi. Kremni kerakli miqdorda olib nozik, aylanma harakatlar bilan 3-4 minut davomida teriga singdiring. Yuqori lab ustida tuk o’suvchi ayollarimiz esa bu sohaga kremlardan surtish kerak emas. Chunki krem tarkibidagi moddalar, gormonlar ularning yanada tez o’sishiga sabab bo’lishi mumkin.
Vaqti-vaqti bilan foydalanayotgan kremgiz turini o’zgartirib turing. Chunki  teri bir turdagi kremga o’rganib qolib, uning foydali hususiyatini kamaytiradi.
            Krem surtganingizdan so’ng makiyaj qilmoqchi bo’lsangiz, kremning yuzga butunlay singishi kuting. Bu muddat 10-15 daqiqa davom etadi. Shundan so’ngina makiyajni boshlashingiz mumkin. Kremdan so’nggina qilingan makiyaj yuz uchun zararlidir.

Hozircha sizlarga bermoqchi bo’lgan maslahatlarim shulardan iborat. O’zingizni va Alloh sizga hadya etgan go’zalliginzni asrang!!!

пятница, 3 января 2014 г.

Yuzingiz uchun qanday kremni tanlashni bilasizmi?

Yuz terisini oziqlantirish bu - yuzning sog’lom nur taratishining asosiy omillaridan biridir. Yuzni ozilqantirishning oddiy usuli ma’lum bir kremlardan foydalanishdir. Hozirgi kunda kosmetik vositalar do’koniga kirganimizda yoki kataloglarni ko’zdan kechirganimizda bir qancha kremlarning turini ko’ramiz. Biroq krem tanlashda yuzimizni turi va yoshimizni hisobga olishimiz kerak. Ho’sh unda qay bir krem mening yuzimga mos keladi deb o’ylanishingiz mumkin. Dugonajonlar , bugun sizga shu haqida ya’ni kremlarning turlari haqida biroz ma’lumot bermoqchiman.
Для жирной кожи- bu nomdagi krem yog’li yuz terilari uchun mo’ljallangan bo’lib, ular yuzdagi yog’ hujayralarini faoliyatini normallashtiradi, agar sizning yuzingizda husnbuzarlar bo’lsa, bunday krem sizga ayni muddao.
Для сухой кожи-Bunday kremlar, quruq yuz sohibalari uchundir. Agar sizning yuzingiz yuvganingizdan so’ng tortishsa bilingki, bunday kremlar aynan siz uchun. Shu o’rinda aytishim kerakki, quruq yuz egalari yuzlariga alohida e’tibor berish kerak, chunki quruq yuzlarga ajin tushish ehtimoli yuqori.
Для нормальной кожи - O’z nomidan ma’lumki, bunday krem  normal yuz terilari uchundir. Lekin bunday yuz egalari bizning iqlim muhitimizda kam uchraydi.
Для комбинированная кожа-Bu aralash teri uchun kremdir. Aralash terining hamma qismlari bir hil bo’lmaydi.  Ko’p hollarda yuzning burun va iyak qismlari yog’li, peshona va yanoq qismlari esa quruq bo’ladi.
Для чуствительная кожа – Odatda bunday   kremlarni bizning do’konlarimizda kam uchrataman. Bu krem ta’sirchan yuz terilari uchun mo’ljallangan. Agar sizning teringiz shamol, quyosh va issiqlik ta’sirida qizarib ketsa yoki kosmetik vositalar(pudra, tonalka) ga allergiyangiz bo’lsa, unda sizning teringiz ta’sirchan teridir.
Для всех типов кожи-Bu krem hamma terilar uchundir. Bunday kremlar asosan, makiyaj oldidan ishlatilishga mo’ljallangan. Lekin mening shaxsiy fikrimcha, makiyaj oldidan ham aynan o’z yuz teringizga moljallangan kremdan ishlatganingiz ma’qul.
Дневной крем - Kunduzgi krem bo’lib, kunduzi yuzga surtish uchundir.
Ночьной крем - Tunda ishlatish uchun krem. Tungi kremlarni aslo kunduzi foydalanmang. Chunki tungi kremlar quyosh nurida yuzda dog’ paydo qilishi mumkin.
Осветляющий крем - Oqartiruvchi kremdir. Agar yuzingiz quyosh nuridan qoraygan yoki dog’lar paydo bo’lgan bo’lsa, bunday krem siz uchun.
Против пигменты- Bu ham yuzdagi dog’larni yo’qtish uchun kremdir.
SPF15, SPF30, SPF40 va hakozo- Bunday kremlar quyosh nuridan  himoyalovchi kremlardir. Yoz kunlarida albatta bunday kremlardan foydalanishni maslahat beraman. Odatda men SPF 40 kremlaridan foydalanaman va bu bizning iqlimdan quyosh nuridan yaxshigina himoya qiladi.
Крем для загар –“Zagar” ya’ni terini quyosh nurlarida bir hil qorayishi uchun foydalaniladigan krem.
Увлажняющий крем - Namlantiruvchi kremdir. Bunday kremga ayniqsa hozirgiday qish kunlarida talab oshadi. Namlantiruvchi kremlar yuzdagi namlikni saqlab turadi. Bu esa tashqi omillarning zararidan himoyalaydi.
Питательный  крем - Oziqlantiruvchi krem. Bu kremlar tarkibiga har hil turdagi vitaminlar kiritilgan bo’lib, u teriga ozuqa beradi. Oziqlantiruvchi kremlar ham turlarga bo’linadi. Misol uchun “питательный крем для сухой кожи”, “питательный крем для чуствительная кожа” va hakozo..
Матирующий крем- Bu ham yog’li yuzlar uchun. Agar sizning yuzingizda husnbuzarlar yo’q, lekin issiqlik ta’sirda biroz terlab, yaltirab qolsa, demak sizning yuzingiz o’rta yog’li va shunday kremlar sizga mos.
+25; +30; +40; +60- krem qadoqlaridagi bunday belgilar yosh ko’rsatkichini bildiradi. +25- bu 25 yoshdan yuqori, +30- bu 30 yoshdan yuqori ayollar uchun. Krem tanlashda albatta bu ko’rsatkichlarga amal qiling.
Крем от морщин- Bu ajinlarga qarshi krem bo’lib, bunday kremlarga yosh ko’rsatkichi albatta beriladi.
 Омолаживающий крем - Yoshartiruvchi degan ma’noni beradi. Odatda bunday kremlar 30 yoshdan yuqori bolgan ayollarimizga taklif qilinadi. Odatda 30 yoshdan so’ng, terimizga ajin tushishni boshlab, o’z elastik holatini yo’qotadi, bunday vaqtlarda yoshartiruvchi kremlardan foydalanish kerak. Bunda ham albatta yosh ko’rsatkichiga amal qilgan holda.
Подтягивающий крем-Tarjima qilganda ko’taruvchi so’zi kelib chiqadi. Bu kremlar ham yoshi katta ayollarga, yuz va iyak qismlari elastik holatini yo’qotgan holatlarda ishatiladi.
Для зрелой кожи -Bu ajin tushgan va o’ta quruq yuzlar uchun krem, bunday kremlar yosh chegarasi ham 30 yoshdan yuqoridir.
Крем флюид - bu kremlarning shakllari bolib, krem fluid oddiy kremdan suyuqroq ko’rinishda bo’ladi.
Крем сыворотка - Bu tarkibida davolovchi funksiyalar mavjud massa. Oddiy qilib aytganda ta’siri “odatiy kremdan kuchliroq krem”. Bunday krem turlariga asosan ajinlarga qarshi yoki +30 kategoriyalari kiradi.
Антицеллюлитный крем - Mahalliy tilda aytganda ozdiruvchi krem. Bunday kremlar tananing to’la qismlariga surtiladi. Lekin bunday kremlar dori vositasi hisoblanmaydi. Ular to’lalikga qarshi mashqlar va dietalarga ko’makdosh sifatida ishlatiladi.
Bular biz ko’p uchratadigan krem turlaridir. O’zingizga kerakli ma’lumotni olgan bo’lsangiz, bundan juda hursandman. Keyingi blogimda kremlardan to’g’ri foydalanish haqida bo’ladi. Dugonajonlar o’zingizni asrang, doimo go’zallik bilan hamroh bo’ling, chuniki go’zallik dunyoni qutqaradi!!!