Dugonajonlar,
avvalgi blogimdagi va’damga binoan
bugungi blogga kremlardan foydalanishning asosiy qoidalari haqida yozmoqchiman.
Ho’sh,
o’zingizga mos kremni tanladingiz va sotib oldingiz. Lekin hamma kremlarning
qadoqlarida ulardan foydalanishning tartibi to’liq berilmaydi. Kremlardan ham
foydalanishning ko’pgina qoidalari bor.
Asosiy
qoidalardan biri kremni makiyajlardan holi va toza yuzga surtish lozim. Odatda makiyaj
va yuz tozalashda ko’p qizlarimiz sovundan foydalanishadi. Bu esa zararli, chunki
sovun tarkibida ishqor moddasi bo’lib, u yuzni qurishiga, elastik holatini
yo’qotishiga va yuzdagi pigment hujayralari ish faoliyatining buzilishi olib
kelishi mumkin. Yuzni tozalashda maxsus yuz uchun sovunlardan foydalanish
zarur. Makiyajni yuz uchun mo’ljallangan molochkalardan foydalanilgan holda
olib tashlash kerak.
Tonikdan
foydalanish: Tonikdan asosan yuz uchun molochkadan foydalanilgandan so’ng
uning qoldiqlarini olib tashlash va yuzdagi hujayralarni ochib, kremga
tayyorlab berish uchun ishlatiladi. Lekin qizlarimizga tonikdan 30 yoshdan
keyin foydalanishni maslahat beraman. Men ham odatda molochkodan so’ng, turli
hil damlamalardan foydalanaman. Quruq yuzlar uchun moychechak, atirgul
gulbarglari, yog’li yuzlar uchun esa ko’k choy, yalpiz damlamalari to’gri
keladi.
Yuzni shu tartibda tozalab olganingizdan so’ng, kremdan foydalansangiz
bo’ladi. Kremni kerakli miqdorda olib nozik, aylanma harakatlar bilan 3-4 minut
davomida teriga singdiring. Yuqori lab ustida tuk o’suvchi ayollarimiz esa bu
sohaga kremlardan surtish kerak emas. Chunki krem tarkibidagi moddalar,
gormonlar ularning yanada tez o’sishiga sabab bo’lishi mumkin.
Vaqti-vaqti
bilan foydalanayotgan kremgiz turini o’zgartirib turing. Chunki teri bir turdagi kremga o’rganib qolib, uning
foydali hususiyatini kamaytiradi.
Krem surtganingizdan so’ng makiyaj
qilmoqchi bo’lsangiz, kremning yuzga butunlay singishi kuting. Bu muddat 10-15
daqiqa davom etadi. Shundan so’ngina makiyajni boshlashingiz mumkin. Kremdan
so’nggina qilingan makiyaj yuz uchun zararlidir.
Hozircha
sizlarga bermoqchi bo’lgan maslahatlarim shulardan iborat. O’zingizni va Alloh
sizga hadya etgan go’zalliginzni asrang!!!
Комментариев нет:
Отправить комментарий