понедельник, 6 января 2014 г.

Baxtimning siri


   Dugonajon, men o’zimni  baxtli beka deb hisoblayman. Mening baxt  sirimdan siz ham bohabar bo’lishni hohlaysizmi? Unda Sizga aytar so'zlarim bor.... Ularga quloq tuting, balki, hozirgi yozmoqchi bo'lgan so'zlarimni bir nasihat deb tushunarsiz. Lekin nasihat bilmaganga o’rgatadi, bilganning esa yodiga soladi . Bu ibratlarni men ham o’z yaqinlarimdan eshitib, o’qib o’rganganman. Ular baxtimning mezonlari deb bilaman. Shu mezonlarni Sizga ham ilindim. Ularni qunt bilan o’qib chiqing…
             Dugonajon, avvalo siz sabr va qanoat sohibasi bo'ling. Doimo o'z holingizga shukronalar keltiring. Juftingiz uyga nima olib kelsa, u xoh yeydigan, xoh kiyadigan narsa bo'lsin, uni hursandchilik, hushfe'llik, go'zal odob bilan qabul qiling. Ularga tashakkur ayting, hushnudlik ko'rsating. Zeroki baxtli hayotning asosiy sababi bu shukronalikdir. O'z holiga shukr etmagan, o'z nafsini tiymagan kishida ko'ngil halovati va huzuri, qalb rohati bo'lmaydi!
             Pokiza, orasta beka bo'ling. Juftingizning nazari tushadigan   joylarga yaxshi e'tibor qarating. Uyingiz ichini, tashqarisini pokiza tuting. Shunday qilingki, turmush or'tog'ingizning ko'ziga hech qanday notoza joy ko'rinmasin.
             Kiyimlaringiz, ust-boshingizni ozoda tuting. Juftingiz faqat sizdan muattar iforni sezsin, dimog'iga aslo noxush hidlar kelmasin. Chunki noxush hidlar juftingizni ko'z o'ngida obro'gingizni tushuradi. Sizdan o'zini olib qochishiga sabab bo'ladi. Shuni doimo yodda tuting: Orastalik eng yaxshi hislatki, insonning ko'ziga hush ko'rinish shular bilandir.
             Sirdoshim, hojangizning moli-ashyosiga juda e'tiborli bo'ling. Chunki hojangizning mol-dunyosi bu sizning ham mulkingizdir. Ularni ehtiyot qilish, isrof qilmaslik, ish bilish va qadriga yetish demakdir.
            Turmush o'rtog'ingizga itoatkor bo'ling. Qil degan ishni bajaring, qilma deganini qilmang! Juftingiz bilan suhbatlashganingizda, muloqotda bo'lganingizda itoatli bo'ling. Uning so'zlarini odob bilan tinglab, ado eting. Umr yo'ldoshingiz sizdan hushnud bo'lsin.  Shunda Alloh sizdan hushnud va honadoningiz baht nuridan  porloq bo'ladi.
            Dugonajon, taomni doimo vaqtida tayyorlang. Ovqatlanish vaqtini hech qachon kechiktirmang, umr yo'ldoshingiz qachon ovqatlanishga o'rgangan bo'lsa, o'sha paytdan kechiktirmay taom tayyorlang. Ular kelishi bilan dasturxon tuzang. Chunki ochlik jahl tez chiqishiga sabab bo'ladi.
             Turmush o'rtog'ingizning kunlik rejasidan bohabar bo'ling. Uyqu va uyg'onish vaqtini yaxshi bilib oling. Ular qachon uyquga yotish payti bo'lsa, o'sha payt uyqu o'rni tayyor va pokiza bo'lsin. Chunki, uyqusizlik asablarni buzuq qilib, ehtiros va muhabbatni asta-sekin so'ndiradi.
              Tumush o'rtog'ingizning yaqinlari va qarindoshlariga hurmat ko'rsating, shirinso'z bo'ling. Ularga bo'lgan hurmat-hojangizga bo'lgan hurmatni bildiradi. Bu esa qadr va e'tiborga erishish demakdir.         
             Hojangizning dinga to'g'ri keladigan barcha buyruqlarini ado eting! Bu buyruqlarni bajarayotganda tanballik qilmang, hech qachon unga itoatsiz bir harakat qilmang. Agar shunday bo'lsa juftingiz sizga nisbatan gina va kek saqlab ohiri dushman bo'lib qolishimi mumkin. U dushmanlik yo'lini tutsa, siz zarar ko'rasiz va qo'lingizdan hech narsa kelmaydi.
              Dugonajon zinhor juftingizning sirlarini boshqalarga aytmang, ularni saqlang. Agar aytib qo'ysangiz, juftingizning sizga bo'lgan ishonchini yo'qotadi. Bu esa mashaqqat bilan barpo etayotgan oilangizni bir zumda parcha qilishi mumkin.
             Juftingiz hafa bo'lganda siz hursand, u hushnud ko'ringanda esa siz hafa ko'rinishdan ehtiyot bo'ling. Chunki u hafa bo'lganda sizning hursand ko'rinishingiz, ular quvonchli bo'lgan vaqtda sizning g'amgin ko'rinishingiz ularga  nisbatan hamdard bo'lolmaslik kabi bir qusurni o'rtaga tushuradi.Bu  befahm va tarbiyasiz odamlarga hos ishdir. Bu esa siz kabi yuksak tarbiya ko'rgan, aqlli va oqila qizga munosib emas. 
             Dugonajon Hojangizga qanchalik ko'p muhabbat va hurmat ko'rsatsangiz, o'zingiz ham shunday muhabbat va hurmatga ega bo'lasiz, siz ul zotga shunday hizmat qilingki, u ham sizga qul bo'lsin! Siz unga yer bo'lingki, u sizga osmon bo'lsin! Siz unga bir uy bo'lingki, u sizga ustun bo'lsin!   
     Hurmatli dugonam siz ikki oilaning (o'z uyingiz va hojangizning honadoni) baxt  farishtasidursiz.  Ularning huzr-halovatda yashashi, baxtiyor bo'lishi sizning yaxshi beka bo'lishingizga bo'gliqligini unutmang.  Sirdosh dugonam baxtimni sababi shu so’zlardir. Yozmoq mendan, ibrat olmoq esa sizdandir. Dugonajon honadonlarimizga munosib beka , ayol so’ziga esa loyiq bo’laylik …
 

Комментариев нет:

Отправить комментарий